5.2 · Человеческий фактор и реагирование
Надёжные пароли и MFA
7 мин
Этот урок пока доступен только на узбекском языке.
Yaxshi parol qanday bo'ladi?
- Uzunlik murakkablikdan muhimroq: kamida 12–16 belgi.
- Parol iborasi eslab qolishga oson:
Choynak-Bulut-Sakkiz-Daraxt. - Har bir sayt uchun alohida parol.
- Shaxsiy ma'lumotlar (tug'ilgan sana, ism) ishlatilmaydi.
Nega takrorlash xavfli?
Bitta saytdan parollar sizib chiqsa, hujumchilar ularni boshqa saytlarda avtomatik sinaydi (credential stuffing). Bitta parol — barcha hisoblar kaliti.
Parol menejeri
Parol menejeri har bir sayt uchun tasodifiy kuchli parol yaratadi va saqlaydi. Siz faqat bitta asosiy parolni eslab qolasiz.
MFA (ko'p bosqichli autentifikatsiya)
Kirish uchun ikki va undan ortiq omil:
- 1Siz bilgan narsa — parol.
- 2Sizda bor narsa — telefon, kalit (YubiKey).
- 3Siz o'zingiz — barmoq izi, yuz.
Eng xavfsizdan kamiga: apparat kalit (FIDO2) → autentifikator ilova → SMS kod.
Laboratoriyadagi "Parol kuchi" uskunasida o'z parol uslubingizni tekshirib ko'ring.
Мини-тест
Проверьте себя. Для завершения урока нужно минимум 2 верных ответа.
1. Parol uchun eng muhim xususiyat?
2. Credential stuffing nima?
3. Qaysi MFA usuli eng xavfsiz?
